PLATSDARM

PLATSDARM (fr. place d‟armes, aynan – qo’shinlar uchun maydon) — 1) biror davlatning boshqa bir davlatga hujum qilishida harbiy harakatlarni kengaytirish uchun baza sifatida foydalaniladigan hudud. Platsdarm operativ yoki strategik ahamiyatga ega bo’lishi mumkin; 2) hujum qilayotgan qo’shinlarning suv tusig’idan o’tib qarshi qirg’oqni egallab olgan yerlari yoki qarama-qarshi qirg’oqqa chekinish chog’ida tutib turilgan yer maydoni; 3) dengiz desanti asosiy kuchlarining tushishi va yoyilishini ta‘minlash maqsadida desant operatsiyasi o’tkazib, sohil bo’yida egallangan uchastka.