SOTSIALIZM

SOTSIALIZM (lot. socialis – ijtimoiy) — xususiy mulkni ijtimoiy (umumiy) mulkka aylantirish orqali erkinlik va tenglik, baxt va farovonlikka erishish mumkin deb hisoblovchi ta‘limot, siyosiy mafkura turlaridan biri. Sotsializm tarafdorlari ana shu yo’l bilan qurilgan ijtimoiy tuzumni ideal jamiyat deb hisoblaganlar. ―Sotsializm atamasi birinchi marta 1827-yilda Buyuk Britaniyada ilk bor qo’llanilgan. Lekin ijtimoiy adolat jamiyati bilan bog’liq tasavvurlar ―oltin asr to’g’risidagi qadimgi g’oyalarga borib taqaladi. Sotsializm tenglik, ijtimoiy adolat, umumiy manfaatlarning shaxsiy manfaatlardan ustunligiga asoslangan jamiyat haqidagi g’oya sifatida dastavval qadimgi dunyoda paydo bo’lgan, ilk xristian jamoalarining hayoti uning negizida qurilgan. Bu g’oyalarning asoschisi Platon hisoblanadi. U ―Siyosat, ―Davlat, ―Qonunlar kabi asarlarida mohiyatan Sotsializmga o‗xshash jamiyat to’g’risidagi fikrlarni bayon etgan. Uning ijtimoiylik loyihasini o’rgangan Aristotel o’sha vaqtdayoq xususiy mulkchilikni yo’qotishga asoslangan jamiyat taraqqiyot yo’lining oxiri halokatli ekanligini ta‘kidlagan. Biroq, qadimgi dunyoda sotsializm g’oyaviy oqim sifatida shakllanmagan edi. Umumiy tenglik, ―oltin asr borasidagi g’oyalar keyinchalik utopik (xayoliy) S.ning turlicha ko’rinishlarida o’z ifodasini topdi. U yangi zamonda T.Mor, T.Kampanella, R.Ouen, Sh.Fure, A.Sen-Simon asarlarida nazariy jihatdan ishlab chiqildi. K.Marks va F.Engels ishlab chiqqan ilmiy Sotsializm deb atalmish nazariyaga kora, Sotsializm kommunizmning quyi fazasi hisoblanadi. Sotsializmga ikki xil yo’l bilan erishish mumkin deb qarovchilar bo’lgan. Masalan, T.Mor (1478-1535), T.Kampanella, G.B.Mabli (1709-85), Morelli (XVIII asr), N. Cherno’shevskiy, A. Bebel va boshqalar uni tinch yo’l bilan amalga oshirish tarafdori bo’lgan. G.Babyof (1760-97), M.Bakunin, K.Marks, Parij kommunarlari, V.I.Lenin va b. qurolli qo’zg’olon yo’lini ilgari surishdi. Sotsializmda inson xususiy mulkdan tamoman ajratiladi. Oqibatda inson o’z individual xususiyatlaridan ham mahrum etiladi. U ―ommaga aylanib, o’z ―menini yo’qotadi. Jamiyatda zo’ravonlik, tobelik kuchayadi. XX asr 20-yillarining oxiri – 30 yillarining boshida SSSRda, ikkinchi jahon urushidan keyin esa boshqa mamlakatlar (jahon sotsialistik tizimi)da ham totalitar tuzumning qaror topishi tufayli Sotsializm to’g’risidagi tasavvurlar dunyoning muayyan qismida yoyildi. Davlat mulkining monopoliyasi, direktivali markazlashgan rejalashtirish, shuningdek, qonunsizlikni, o’zgacha fikrlovchilarga toqatsizlikni kuchaytirgan yuqori qatlamning diktaturasi sotsialistik (real Sotsializm yetuk, rivojlangan Sotsializm) deb atalgan bunday tuzumga xos belgilar edi. Totalitar rejimning hukmronligi iqtisodiy, siyosiy va ma‘naviy bo’hronga, dunyoning rivojlangan mamlakatlaridan orqada qolib ketishga, jahon sivilizatsiyasidan ayri holda yashashga olib keldi. O’zbekiston ham shunday jarayondan chetda qolmadi. Bu yerda ham dehqonlar, hunarmandlar, savdogarlar, erkin kasb egalari tugata borildi. Zo’rlik asosiga qurilgan quloq qilish, jamoalashtirish siyosati, boshqa ko’rinishdagi qatag’onlarni Sotsializm qurish yo’lidagi qonuniy jarayon sifatida asoslashga urinildi. Ayrim mamlakatlarga, jumladan, O’zbekistonga nisbatan ―kapitalizmni chetlab Sotsializmga o’tish mumkinligi to’g’risidagi soxta ta‘limot ham o’ylab topildi. XX asrning 80-yillari oxiri – 90-yillari boshida SSSRda va boshqa mamlakatlarda boshlangan o’‗’zgarishlar bozor iqtisodiyotiga va demokratik jamiyatga o’tishga qaratildi. Mustaqillik jamiyat a‘zolari uchun yagona ijtimoiy mulkchilikni qaror toptirish yo’lidagi barcha urinishlarga barham berdi.