VASSAL
VASSAL (lot. vassalus – vassal, vassus – xizmatkor) — o’rta asrlarda G’arbiy Yevropada feodallar bir toifasi – vassallarning boshqasi – senorlardan shaxsiy qaramlik munosabatlari tizimi. Vassal, odatda, senordan feod olib, evaziga muayyan majburiyatlarni: o’z xojasini qo’riqlashi va uning moddiy manfaatlarini himoya qilishi, bir yilda qirq kun harbiy xizmat o’tashi yoki o’z qaramog’idagi mulki miqdoriga qarab otryad yuborishi, shuningdek, ayrim vaqtda pul yordami berishi lozim bo’lgan. Biroq Vassal ko’pincha bu majburiyatlarni bajarmay, o’z egasi – senyoriga qarshi ham turgan. Oliy senyor (syuzeren) vassaliga aylangan yirik feodallarning ham o’z navbatida vassallari bo’lgan.