Dorug’a

Dorug’a-ushbu atama ikki xil ma’noni anglatadi. 1. Hokim. Mo’g’ullar, temuriylar va shayboniylar hukmronligi davrida dorug’alar viloyat, shahar hokimi bo’lishgan. Ularning zimmasiga viloyat va shaharni idora qilish, aholi ro’yxatini olish, uni hisob-kitob qilish va ulardan soliq undirish vazifalari yuklatilgan. 2. Mirshablar boshlig’i. So’nggi feodalizm davrida O’rta Osiyo xonliklarida mirshablar boshlig’i doruga deb yuritilgan.