Marokanda
Marokanda-Samarqandning yunoncha nomi. Miloddan avvalgi VII-VI asrlarda Marokanda o’rnida mudofaa devorlari bilan o’ralgan qishloq bo’lgan. Yunon tarixchilari Arrian, Kvint Kurtsiy Ruf va Strabonning ma’lumotlariga ko’ra, Aleksandr Makedonskiy miloddan avvalgi 329 yilda So’g’diyona poytaxti Marokandani zabt etib, vayron qilgan, so’ngra o’zining harbiy garnizoni uchun qal’ani qaytadan tiklagan. So’g’diylar Spitamen boshchiigidagi bu bosqinchilarga qarshi mardlarcha kurashgan. Strabonning ma’lumotlariga ko’ra, qo’zg’olon bostirilgandan so’ng Aleksandr Makedonskiy Marokandani yana vayron qilishni buyurgan. Maroknda keyinchaik Simizkent, Samarqand nomini olgan.