Uglevodorodlar

Uglevodorodlar — molekula lari faqat uglerod va vodorod atomlaridan tuzilgan organik birikmalar sinfi. Uglevodorodlar tuzilishiga ko’ra, asiklik yoki Alifatik (molekuladagi uglerod atomlari birbiri bilan chiziqli yoki tarmoklangan zanjir bo’lib boglangan), izosiklik yoki karboniklik (molekulasi 3 ta va undan ko’p uglerod atomi halqasi — tsiklidan iborat) xilga bo’linadi. Bu guruh Uglevodorodlar asiklik va aromatik uglevodorodlardan iborat. Asiklik Uglevodorodlar to’yingan uglevodorodlar va to’yinmagan uglevodorodlarsan tashkil topgan. Alisiklik Uglevodorodlar ham to’yingan va tuyinmagan bulishi mumkin. Uglevodorodlar gomologik katorlar hosil qiladi. Neft, tabiiy yonuvchi gazlar, ba’zi sanoat gazlari va smolasi Uglevodorodlardan iborat.