Sun Yatsen

Sun Yatsen (boshqa ismlari: Sun Chjunshan, Sun Ven) (1866-1925) — Xitoy siyosat arbobi. 1894 yil Sinchjunxoy tashkilotini, 1905 yil — Tunmexoy ommaviy tashkilotini tuzgan. 1911 — 13 yillardagi Sinxay inqilobi rahbari. Xitoy Respublikasining 1(muvaqqat) prezidenti (1912 yil 1 yanvar — 1 aprel). 1912 yil Gomindan partiyasiga asos solgan.