Qorovul

Qorovul-Temur va temuriylar davrida hamda ko’chmanchi o’zbek xonlari davrida qo’shinning oldida borgan otryad. Qorovulning asosiy vazifasi qo’riqchilik xizmatini o’tash hamda harakatdagi qo’shinning old tomonida nimalar bo’layotganini kuzatib, unda doimo xonni xabardor qilib turishdan iborat bo’lgan. Qorovul birinchi bo’lib jangga kirgan. Shuningdek, xon va sultonning qarorgohini qo’riqlovchilar ham qorovul deb atalgan. Ammo ular bilan qo’shin tarkibidagi qorovul orasida juda farq bor. Xon va sultonlar qarorgohini qo’riqlovchi qorovullar xon va sultonlarning mayda xizmatkorlari bo’lib, ular doimo xon va sultonning xavfsizligini ta’minlash hamda ularni qo’riqlash bilan shug’ullangan.