AMPER
AMPER (Ampere) Andre Mari (1775.22.1, Lion -1836.10.6, Marsel) — frantsuz olimi, elektrodinamika asoschilaridan biri, Parij Fanlar Akademiyasi a’zosi (1814), Parijdagi normal maktab professori (1824). 1820 yilda elektr toklarining o’zaro mexanik ta’siri (Amper qonuni) ni kashf qilgan, tok ta’sirida magnit milining og’ish yo’nalishini aniqlaydigan «Qalqovich qoidasi»ni ta’riflab bergan, magnitlarning o’zaro ta’siri aylanma elektr toklarining o’zaro ta’siridir degan (moddalarning magnit xossalarini tushuntiruvchi) gipotezani taklif qilib, magnetizmning dastlabki nazariyasini yaratgan. Elektrodinamika haqidagi nazariyalari «tajribadan keltirib chiqarilgan elektrodinamik hodisalar nazariyasi» (1826-27) asarida tavsiflangan.
AMPER — 1) si tizimida elektr tok kuchi birligi. A bilan belgilanadi. A. Amper sharafiga qo’yilgan. 2) si tizimida magnit yurituvchi kuch birligi (Zeki nomi—amper-o’ram). SGSE birligi.