Bolalar bog’chasi

Bolalar bog’chasi-maktab yoshigacha bo’lgan bolalarni tarbiyalovchi muassasa. Birinchi marta 1837 yil Germaniyada nemis pedagogi F.Frebel tomonidan tashkil etilgan. Bolalar bog’chasi xalq ta’limi tizimining dastlabki bo’g’ini hisoblanadi. O’zbekistonda odatdagi bolalar bog’chasi 3-7 yoshli bolalarga mo’ljallangan.