ANAMNEZ
ANAMNEZ (Yunoncha anamnesis — xotira) — bemorning o’zidan yoki uni biladigan kishilardan shu bemorning hayot sharoiti va kasallik tarixi haqida so’rab to’planadigan ma’lumotlar. Anamnez to’g’ri diagnoz qo’yishda eng muhim tekshiruv usullaridan biri. Anamnezga bemorning shikoyati, kasallikning boshlanishi va keyingi kechish davri, ilgari qanday kasalliklar bilan og’riganligi, oilaviy sharoiti, zararli odatlari (chekish, spirtli ichimliklar ichish), turmush, mehnat tarzi, avlodlarning sog’yoki nosog’ligi va hokazolar kiradi. Ma’lumotlarning yanglish berilishi kasallikka diagnoz qo’yishni mushkullashtiradi va noto’g’ri davolashga sabab bo’ladi.