ANATAZ

ANATAZ — sodda oksidlar kichik sinfiga mansub mineral. Tyu2ning polimorf modifikasiyalaridan biri. Fe, Zn, Nb qo’shimchalari bo’ladi. Rangi yashil-sariqdan kulrang-qoragacha. Qattiqligi 5,5 – 6. Sof og’irligi 3,8 – 3, 9. 915° gacha qizdirilganda rutilta aylanadi. Olmossimon yoki metallsimon yaltiroq. Gneys, granit va boshqalarda ikkilamchi aktsessor mineral. Anataz yertomirlarda, magmatik va metamorfik jinslarda, kamroq miqdorda pegmatitlarda, ba’zan esa cho’kindi (qumtosh) jinslarda uchraydi, shuningdek ilmenitning yemirilishi natijasida vujudga keladi. Yaltiroq tiniq nusxalari zargarlikda jilvir sifatida ishlatiladi.