Amir ul umaro

Amir ul umaro (arabcha)-amirlar amiri, oliy amir – Oltin O’rda, Chig’atoy ulusida butun harbiy ishlar uning tasarrufida bo’lgan. Bundan tashqari, Amir ul umaroga hukumatning barcha bosh ijroiya idoralari (devonlar) ham bo’ysungan. Temur va temuriylar davrida Amir ul umaro daqat Oliy Bosh qo’mondonlik, ayrim hollarda hukmdorning hudaychisi (adyutanti) bo’lgan, 17-19-asrlarda Turkiya va Ozarbayjonda beklar begi.