Amlok

Amlok (arabcha)-katta yer egaligi; mulklar, yer-suv, kishi tasarrufidagi narsalar, buyumlar; Buxoro amirligida soliqni taqsimlash birligi. Musulmon sharqining bir qator mamlakatlarida davlat ixtiyoridagi yer-suv va boshqa boyliklar; Buxoro va Qo’qon xonliklarida (16-19-asrlarda) feodal yer egaligining bir turi. Davlat oldidagi xizmatlari uchun shahzodalar, amaldorlar, lashkarboshilarga in’om qilingan yer-suv. Amlokdorlar o’z yerlarini dehqonlarga ijaraga berib, ularni ekspluatatsiya qilganlar. Amlok yerlarini sug’orish ishlari davlat tasarrufida bo’lganligi dehqonlarni unga qaram qilib qo’ygan. Dehqonlar davlatga xiroj va boshqa soliqlar to’lashgan.