Amazonkalar

Amazonkalar (grekcha)-otliq chavandoz ayollar; grek afsonalariga ko’ra Kichik Osiyo, Avoz dengizi yoki Lemnos oroli qirg’oqlarida va Meotiy ko’li bo’ylarida yashagan va qo’shni mamlakatlarga harbiy yurishlar qilgan jangovar ayollar qabilasi. Ular o’z nasllarini saqlash va tarqatish maqsadida boshqa qabilalar yigitlariga turmushga chiqishgan. Bu oiladan tug’ilgan o’g’il bolalarni otalariga qaytarib berishgan, qiz bolalarni o’zlarida olib qolib, jangu jadalga o’rgatishgan.