Alximiya
Alximiya (lotincha alchimia, arabcha al-kimyo)-kimyo fani rivojidagi qadimgi bosqich. Misrda paydo bo’lgan (III-IV asrlar), ayniqsa G’arbiy Yevropada keng tarqalgan (IX-XVI asrlar). Alximiyaning asosiy maqsadi qadrsiz metallarni oltin yoki kumushga aylantiruvchi “falsafa toshi”ni topish, obihayot suvini, universal erituvchini yaratish bo’lgan. Garchi bunga erishilmagan bo’lsa-da, Alximiya yutuqlari zamonaviy kimyo fanining shakllanishida katta rol o’ynadi.