Anqo

Anqo-afsonaviy qush. Qadimgi Sharq xalqlari afsona, ertak va dostonlarida bosh qahramonga homiy. U insonlar ko’ziga ko’rinmaydi, qanoti, pati oltin, kumush va boshqalardan deb ta’riflanadi. Xalqimiz orasida Anqo baxt, tole, davlat qushi, kimga soyasi tushsa, o’sha baxtli bo’ladi degan fikr mavjud. Taqchil, kamyob narsalar haqidagi “Anqoning urug’i” degan ibora shundan olingan. Rivoyat, ertak va cho’pchaklarda Anqo Semurg’ga, Humoga ham o’xshatiladi.