Aslar

Aslar-skandinav xudolarining asosiy guruhi. Vanlar (kichik hosildorlik xudolari guruhi), yotunlar (bahaybat maxluqlar), alvlar (ruhlar) va quyi ayol ilohalar (dislar, nornlar, valkirilar)ga qarshi qo’yilgan. Aslar tarkibiga Odin, Tor, Nyord, Tyur, Bragi, Xeymdall, Xyod, Vidar, Ali (Vali), Ull, Forseti, Loki kirgan. Ilohalardan Frigg, Safa, Eyr, Gevon, Fulla, Freyya, S’yevn, Lovn, Var, Ver, Syun, Xlin, Snotra, Gna, Sol, Bil, Yord va Rind Aslarga mansub deb hisoblangan. Baldr va Freyr ham Odin va Nyordning o’g’illari sifatida Aslar deb nomlangan.