Autodafe
Autodafe (ispancha va portugalcha auto de fe – ayni ma’nosi e’tiqod akti)-Ispaniya va Portugaliyada inkvizitsiya hukmining tantanali e’lon qilinishi, shuningdek, shu hukm ijrosi (asosan, omma oldida gulxanda yoqish). Dastlabki Autodafe XIII asrga taalluqli XV asr oxiridan keng tarqalgan. Mashhur inkvizitor Torkvemada 1483-1498 yillarda 9 mingdan ortiq kishini tiriklayin gulxanda yoqtirgan. Autodafe XVIII asr oxiriga qadar qo’llanilgan. So’nggi Autodafe 1826 yili Valensiyada osish orqali amalga oshirilgan. Ispan tarixchisi Xuan Antonio Lorentening ma’lumotiga ko’ra, 1481-1808 yillarda Ispaniyada 31 913 kishi tiriklayin yoqilgan, 29 145 kishi devor ortida qoldirilib suvab tashlash, mol-mulk musodarasi jazolariga loyiq ko’rilgan.