ANDEZIT

ANDEZIT (and tog’lari nomidan) — effuziv o’rta tof jinsi. Asosan plagioklaz, avgit va boshqa minerallardan hamda vulkan shishasidan tarkib topgan. Porfir va afir strukturali. Qadimgi va hozirgi vulkanlardan oqib chiqqan lavali jinslarning asosiy qismini bazalt bilan Andezit tashkil qiladi. Kislotabardosh material, qurilishda ishlatiladigan tosh. Kamchatka, Kavkaz, Zakarpate, Azov bo’yida hamda O’zbekistonda (Chatqol, Qurama, Qorjontov, Sulton Uvays tog’larida) uchraydi.