Ag’ra

Ag’ra (turkcha)-og’irlik va yuza o’lchovi birligi. Xivada qo’llanilgan. XIX asrda Xorazmda 1 Ag’ra 58,89 gramm bo’lgan, zero, Xorazmning 1 misqoli 4,53 gramm. Shunda 1 Ag’ra=13 misqol=13×4,53=58,89 gramm. Yuza o’lchovi birligi sifatida 1 Ag’ra tanobning 320 bo’lagidan bir bo’lagiga teng. Ba’zan 1 Ag’ra tanobning 8 dan bir bo’lagiga teng kelgan. Agar 1 gaz=71 santimet bo’yicha hisoblangan tanob qiymati 1814,76 metr2ni olsak, unda 1 Ag’ra=1/320 tanob=1/320 1814,76=5,671125 m2=5,671 m2. Agarda 40 Ag’ra=1/8 tanob= 1/8×18,14,76=226,845 m2. Bu holda ham 1 Ag’ra=5,671 m2 chiqadi.