Baqqol

Baqqol (arabcha-ko’katfurush, sabzavotfurush, g’allafurush)-bozor, guzar va mahallalardagi do’konchalarda mayda-chuyda ro’zg’or mollari, kundalik yegulik oziq-ovqatlar sotuvchi mayda savdogar. Baqqollar va Baqqollik do’konchalari Turkistonda o’rta asrlardan XX asrning 20-yillarigacha keng tarqalgan. Yevropa mamlakatlari, jumladan, Rossiyada qo’llaniladigan “bakaleya” atamasi Baqqol so’zidan olingan.