Begetriya

Ma’nosi

Begetriya (ispancha behetria)-o’rta asrlarda Ispaniyada (asosan Kastiliya va Leonda) erkin dehqonlar jamoasi. Begetriya Rekonkista davrida yuzaga kelgan. Begetriyaga feodallar orasidan o’ziga senor saylash huquqi taqdim etilgan; urush paytida Begetriya harbiy xizmat o’tagan. Begetriyaning huquq va imtiyozlari fueros, manzilgoh xartiyalarida qayd etib qo’yilgan.

O‘xshash so‘zlar

B harfiga oid tarixga oid ensiklopedik atamalar: barcha so‘zlar