Bevatan

Bevatan (forscha, arabcha)-Xiva xonligida davlat (podsholik) yerini ijaraga olib ishlaydigan dehqon. Bevatan o’zi ishlatib turgan yerni sotishga haqqi bo’lmagan. Bevatan vafot etsa, yerdan foydalanish huquqi uning bolalariga o’tgan. Bevatan yerga hech qanday huquqi bo’lmasa-da, butun hosilga, shuningdek, o’zi qurgan imoratlarga to’la egalik qilgan. Yerning sifatiga qarab hosilning 1/3 dan tortib 1/2 gacha ijara haqi to’lashdan tashqari Bevatan 5 tanobga 1 tilla hisobidan masjidga o’ndan bir soliq, ya’ni ushr to’lagan va boshqa majburiyatlarni bajargan. Bevatan o’rtacha 5-7 tanob yerni ijaraga olib, har 5 tanobga 1 tilladan solg’ut to’lagan. XIX asr 90-yillarida birgina Xiva viloyatida Bevatanlar barcha dehqonlarning 1/3 qismini tashkil etgan.