Bo’rk
Bo’rk (turkcha)-qadimgi bosh kiyimi. Qishda hamda yozda kiyiladigan. Bo’rk bo’ladi. Bo’rk hayvon terisidan tikilib, qimmatbaho qalin gazmol bilan qoplangan. Bo’rkni erkaklar ham, xotin-qizlar ham kiyishgan. Tikilgan hayvon terisiga qarab u Kunduz Bo’rk, suvsar Bo’rk, qamshat Bo’rk, tulki Bo’rk va hokazolar nomlangan. Qizlar Bo’rki har xil taqinchoqlar, tangalar, uzuklar bilan bezatilgan. Erkaklarda to’y-ziyofatga kiyiladigan qimmatbaho, oddiy kunlarda, ishga kiyadigan Bo’rklar ham bo’lgan. Bo’rk o’zbek, qozoq, qoraqalpoq, qirg’iz, boshqird, tatar, uyg’ur va boshqa xalqlar orasida tarqalgan. “Devonu lug’otit turk” (XI asr)da uchraydi.