Dvoretskiy

Dvoretskiy (ruscha eshik og’asi, bosh xizmatkor, ishboshi)-1) XV-XVII asrlarda Rus davlatida saroy boshqarmasining boshlig’i; XVII asrdan boshlab saroy unvoni; 2) Rossiyada XVIII asrdan XX asr boshlarigacha dvoryanlar xo’jaligini boshqaruvchi va shahardagi hovli-saroylar boshqaruvchisi; 3) yirik boylar saroyida uy xo’jaligi va xizmatkorlarining ishboshisi.