Dekabristlar
Dekabristlar (ruscha)-1810 yil 2-yarmi – 1820 yillar 1-yarmida rus dvoryanlaridan iborat markaziy hokimiyatga muxolif harakat qatnashchilari, birinchi marta chor samoderjaviyesiga qarshi qurolli qo’zg’olon ko’targanlar (1825 yil 14 dekabr). Nomi o’sha qo’zg’olon ko’tarilgan oydan kelib chiqqan. Dekabristlar dvoryanlar tabaqasiga mansub, 1812 yilgi urush qatnashchilari, o’z davrining eng ilg’or va ma’lumotli kishilari edi. Dekabristlarning g’oya va dunyoqarashlari bir xil bo’lmagan, lekin ularning bari samoderjaviye tuzumi va krepostnoy huquqqa qarshi qaratilgandi. 1814 yili Moskvada M.F.Orlov va M.A.Dmitriyev-Mamonov tomonidan “Rus ritsarlari ordeni” (1814-1817), 1816 yil martda bir qator gvardiyachi zobitlar (Aleksandr Muravyov, Nikita Muravyov, Ivan Yakushkin, Sergey Trubetskoy va boshqalar) tomonidan “Qutqaruv ittifoqi” (1816-1818) va boshqalar qator maxfiy tashkilotlar tuzilgan.