Dekuriya

Dekuriya (lotincha decuria)-Qadimgi Rimda 10 kishidan tashkil topgan har qanday bo’linma. Eng qadimgi davrlardan patritsiyalar, senatorlar va boshqalar Dekuriyalarga bo’lingan. Suvoriylarning 3 ta Dekuriyasi qo’shinda turmani tashkil qilgan, u dekurion tomonidan boshqarilgan. Lekin hamisha ham o’n kishilik tartibga amal qilinavermagan. Masalan, Avgust davrida 4 ta bo’lgan sud uyushmalari (sudyalar soni har birida 4000 gacha) Dekuriya deb atalgan.