Demagog
Demagog (yunoncha demagogos-xalq dohiysi)-dastlab Yunonistonda xalqni orasidan ergashtirgan siyosiy guruhchalar rahbarlari, demokratik kayfiyatdagi siyosiy arbob, xalq siyosatchisi. Aristotel uni “xalq himoyachisi” sifatida ta’riflaydi. Keyinchalik atama salbiy ma’no kasb eta boshladi. Bu siyosiy maydonga ayrim munofiq kimsalar (Kleon, Giperbola)ning kelishi bilan bog’liq edi. Siyosiy raqiblari ularni mas’uliyatsizlikda, korruptsiyada ayblashgan.