Dinatlar
Dinatlar (yunoncha dinatos-qudratli)-Vizantiyada oliy martabali zodagon, ruhoniy shaxslar. Feodalizm qaror topishi davrida dehqonlarning yer mulklarini arzon-garov sotib yoki kuch bilan tortib olganlar va provintsiyalardagi katta yer egalariga, mahalliy fuqarolik va harbiy amaldorlarga aylanganlar. Davlat ularning ta’sirini pasaytirish maqsadida yerlarini kengaytirishlariga qarshi kurash olib borgan.