Dominion

Dominion (inglizcha dominion, lotincha dominium-egalik qilmoq so’zidan)-ingliz qiroli (qirolicha)ni davlat boshlig’i deb tan olib kelgan va Britaniya imperiyasi tarkibida bo’lgan davlat. Unga general-gubernator tayin qilingan. Dominion tushunchasi 1926 yilgi imperiya konferentsiyasida Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Artur Jeyms Balfur (katoliklar partiyasi yetakchisi) tomonidan e’lon qilingan va 1931 yil 11 dekabrdagi Vestminster nizomi bilan mustahkamlangan. Dastlabki Dominionlar: Kanada (1867 yildan), Avstraliya Ittifoqi (1901 yildan), Yangi Zelandiya (1907 yildan) va boshqalar. Hamdo’stlik tuzilganidan keyin, garchi ko’pgina sobiq Dominionlar unga kirib, avvalgidek ingliz qirolichasini davlat boshlig’i deb hisoblasalar-da (Kanada, Yangi Zelandiya va boshqalar), Dominion atamasi qo’llanmaydigan bo’ldi.