Dong

Dong (hindcha)-1) dinor yoki dirhamning 1/6 ga teng og’irlik o’lchovi va shu vazndagi aqcha; 2) tarixiy manbalarda uchraydigan va qiymati bo’yicha gazning 1/6iga teng bo’lgan o’lchov birligi. Agar gaz o’rtacha 71 santimetr bo’lsa, 1 Dong 11,83 santimetr bo’ladi. Gazning boshqa o’lchamlari qo’yilsa, Dongning qiymati ham o’zgaradi; 3) yuza o’lchov birligi; juda qadimdan O’rta Osiyoda, asosan, yerning yuz o’lchov birliklari 1/6 tanobni va 1/6 jariblarni belgilashda qo’llanilgan. 1 gaz 71 santimetr deb olinsa, 1 tanob=1 jarib=1814,76 metr kvadrat bo’ladi. Bu holda 1 Dong=1/6 tanob=1/6 jarib=1814,76 m2/6=302,46 m2.