Knyazlik
Knyazlik (slavyancha)-knyazlar boshqargan mustaqil va qaram davlatlar, alohida mulklar. Knyazlik sharqiy va qadimgi davlatlarida VIII-IX asrlarda vujudga kelgan. Eng yirik Knyazliklar buyuk Knyazliklar deb atalib, udel (mulk)larga bo’lingan. Rossiyada Knyazliklar markaziy shaharlar nomi bilan atalgan. Masalan, Kiyev, Ryazan Knyazliklari. Rus davlatida XII asrning 2-yarmida Knyazliklar soni ko’paygan, bu esa mamlakatning kuchsizlanishiga olib kelgan. XV asr oxiri-XVI asrlarda Knyazliklar markazlashgan Rus davlati tarkibiga kirgan. Rossiya imperiyasida 1809-1917 yillarda Finlyandiya Buyuk Knyazlik deb atalgan. G’arbiy Yevropada Monako, Andorra va Lixtenshteyn davlatlari hozirgi Knyazlik deb nomlanadi.