Krona
Krona (lotincha corona-toj, gulchambar so’zidan)-G’arbiy Yevropadagi tangalarning, umumiy nomi, unga tushirilgan toj tasviri uchun shunday atalgan. Dastlab Krona Fransiyada Filipp IV davrida, 1340 yili zarb etilgan “kuronndor” (couronne d’oro) deb hisoblashadi. U dastlab 5,44 gramm, 1385 yili 4,08 gramm, 1436 yili 3,5 gramm vaznga ega bo’lgan. Fransuz oltin tangalari boshqa mamlakatlar uchun ham namuna vazifasini o’tagan. 1526 yili Angliyaning oltin Kronasi, 1537 yili Ispaniyaning oltin eskudosi chiqarilgan. Keyinchalik Niderlandiya (1540-1589) va Daniyada (1618 yildan) ham Krona muomalaga kiritlgan. 1551 yili Angliyada dastlabki kumush Krona zarb etilgan. Angliya Kronasi 1971 yilgacha so’qilgan. 1857 yili Nemis tanga ittifoqi tomonidan chiqarilgan tanga ham oltin Krona deb atalgan. Uning vazni 11,111 gramm bo’lib, tarkibidagi oltin miqdori 10 gramm edi.