Kromlex

Kromlex (bretoncha crom-doira va lech-tosh)-neolit va, asosan, jez davriga oid megalitik inshootlarning bir turi. Balandligi 6-7 metrgacha bo’lgan yirik tosh ustunlar ustiga tosh taxtalar qo’yilib, aylana (doira) shaklida qurilgan (diametri 100 metrgacha), ichiga dolmenlar va mengirlar o’rnatilgan. Kromlexlar quyoshga sig’inish bilan bog’liq bo’lib, quyosh ibodatxonasi qasri sifatida xizmat qilgan. Kromlex Osiyo va Amerikada keng tarqalgan. Qrim va Kavkazda Kromlex namunalari saqlangan.