Kronverk

Kronverk (nemischa Kronwerk-tojsimon istehkom)-XVI-XVIII asrlarda qal’a devorlari oldidagi istehkom, qal’ani mustahkamlash maqsadida qurilgan. Kronverk 1 ta bastion va 2 qanotda 2 yarim bastiondan iborat bo’lgan, bu unga o’ziga xos toj shaklini bergan. Kronverk harbiy injener Franchesko Marki (1506-1598) tomonidan ixtiro qilingan. Ularni keng qo’llash Niderlandiyadan boshlangan.