Mavrlar
Mavrlar (lotincha mauri, yunoncha mauros-qora so’zidan)-1) qadimgi rimliklar miloddan avvalgi III asrga qadar III asrga qadar Shimoliy Afrikadagi romanlashgan barcha mahalliy aholini Mavrlar deb atagan. Bu nom qadimgi barbarlarning ko’chmanchi qabilasi va ularning davlat uyushmasi-Mavretaniya nomidan olingan. Miloddan avvalgi 33 yildan Mavretaniya Rim provintsiyasiga aylangan; 2) o’rta asrlarda G’arbiy Yevropada Pireney yarimoroli va Shimoliy Afrikaning g’arbiy qismidagi musulmon aholi – arablar va babarlarga berilgan nom; 3) shuningdek, XVI asrda ispanlar Filippin arxipelagidagi Mindanao orollari aholini Mavrlar deb atagan.