Magistratura
Magistratura (lotincha magistratus-rahbariyat)-1) Qadimgi Rimda davlat lavozimlarining umumiy nomi. Respublika o’rnatilishi davrida paydo bo’lgan (miloddan avvalgi VI asr oxiri). Oliy Magistratura (dictator, detsemvirlar, konsullar, pretorlar, tsenzorlar) va quyi Magistratura (xalq tribunlari, edillar, kvestorlar va boshqalar)ga ajratilgan. Oliy Magistratura yuqori hokimiyatga ega bo’lishgan, ularning mulozimi bo’lgan. Qolganlari esa o’z majburiyatlari doirasida farmon chiqarish va jarima solish huquqiga ega edilaar. Imperiya davrida ahamiyatini yo’qotgan.