Maranlar
Maranlar (ispancha marranos)-o’rta asrlarda Ispaniya va Portugaliyada rasman xristianlikni qabul qilgan yahudiylar (asosan, 1492 yilgi yahudiylarga katolikni qabul qilish yoki Ispaniyani tark etish to’g’risidagi farmondan keyin). Inkvizitsiya ularni iudaizmga xufyona e’tiqod qilishda ayblab ta’qib etgan.