Mezonin

Mezonin (italyancha mezzanine-oraliq)-turarjoy binosining (uncha katta bo’lmagan) o’rta qismi tepasiga qurilgan xona, ko’pincha boloxonali bo’ladi. Yevropada XIX asrda tosh va yog’ochli Mezoninli uylar keng tarqalgan. O’rta Osiyo yakka tartibdagi xonadonlarning boloxonali uy turi.