Mesta

Mesta (ispancha mesta)-1273-1836 yillarda Ispaniyada qirol bergan imtiyozlardan foydalanuvchi yirik qo’ychivonlar (ko’proq feodallar) uyushmasi. Mestaga tegishli bo’lgan ulkan qo’y uyurlari kuzda mamlakat shimolidan janubiga, bahorda esa janubdan shimolga haydab o’tilgan. Bu jarayonda dehqonlarning ekinlari payhon qilingan (dehqonlarning to’siqlar tiklashi taqiqlangan edi).