Misteriyalar

Misteriyalar (yunoncha misterion-sir, maxfiy)-1) faqat unvonga ega bo’lganlar-mistlar qatnashishi mumkin bo’lgan diniy marosimlar. Qadimgi Misrda Isida va Osiris Misteriyalari, Bobilda Tammuz, Qadimgi Ynonistonda Elevsin, Orfiya, Samofrakiya Misteriyalari, Qadimgi Rimda Vakxa, Attis va boshqa Misteriyalar ma’lum; 2) o’rta asrlar G’arbiy Yevropasida diniy teatr janri. Misteriyalar tomoshalarida diniy sahnalar maishiy-komedik janrlardagi sahnalarga ulanib ketgan.