Momo Havo
Momo Havo (qadimgi yahudiycha va islom manbalarida Havvo-hayot manbai)-islomga ko’ra, Odam Atoning xotini, birinchi ayol va inson zotining onasi (Injilda Yeva nomi bilan ma’lum). Momo Odam Atoning qovurg’asidan yaratilgan deb sharhlanadi. Rivoyatlarga ko’ra, u Iblisning so’ziga kirib Odam Atoni man qilingan mevani totib ko’rishga undaydi. Shu sababli Momo Odam Ato bilan jannatdan chiqarilib, yerda yashashga mahkum etiladi. Ular Makka yaqinida yana uchrashishadi. Momo Odam Ato o’limidan ko’p o’tmay qazo qilgan va uning yoniga dafn etilgan emish.