Monarxiya
Monarxiya (yunoncha monarchia-yakka hokimlik)-davlat boshqaruvi shakli. Bunda davlat boshlig’i monarx hisoblanadi. Monarxiyaning 2 turi mavjud: mutlaq (absolyut). Monarxiya, bunda monarxning to’la hokimiyatini cheklaydigan biron-bir davlat organi bo’lmaydi; konstitutsiyaviy Monarxiya, bunda monarx hokimiyti konstitutsiya asosida amal qiladigan muayyan vakolatli organ bilan cheklangan bo’ladi, ya’ni qonunchilikni parlament, ijro hokimiyatini hukumat olib boradi. Ayrim mamlakatlarda davlat boshlig’i, ayni vaqtda, diniy rahbar ham hisoblanadi.