Moniylik
Moniylik-III asrda Eronda vujudga kelgan din. Asoschisi Moniylik koinotda nur bilan zulmat, ruhiy asos bilan moddiy asos, yaxshilik bilan yomonlik o’rtasidagi o’zaro kurashni e’tirof etishga asoslanadi. Nur, ruhiy asos, yaxshilik olamida xudo, ikkinchida shayton (iblis) hukm suradi. Moniylikka ko’ra, ikki olam kurashi falokat bilan tugaydi, natijada moddiy asos olami halokatga uchrab, ruh ozodlikka chiqadi. Moniylik ta’limotiga ko’ra, bu dunyo yovuzlik dunyosidir. Inson 2 unsur (ruh-nur farzandi, jism-zulmat farzandi)dan iborat mavjudot bo’lgani uchun zulmat kuchlariga qarshi kurashda nur kuchlariga yordam bera oladi. Moniy samo nuri elchisi hisoblangan. Moniylikda zardushtiylik va xristianlik g’oyalari mavjud. Moniylik dunyoning ko’p mamlakatlariga, jumladan, Italiyadan to Xitoyga qadar tarqalgan. VIII asrda Uyg’ur xonligida hukmron dinga aylangan. Moniylik VIII-IX asrlarda islom tarafdorlarining ta’qibiga uchradi. Keyinchalik Yevropa va Osiyoda barham topdi. Xitoyda u XIV asrga kelib taqiqlandi.