Monopoliya
Monopoliya (yunoncha mono… va poleo-sotaman)-iqtisodiyotning bir sohasida tanho hukmronlik; bozorni tashkil etish shakli. Bunday bozorlarda yagona sotuvchi o’z tovari bilan faoliyat ko’rsatadi, boshqa tarmoqlarda bunday tovarning o’rinbosari bo’lmaydi. Monopoliya ishlab chiqarish vositalari, ish kuchi va yaratilgan mahsulotlar asosiy qismining ozchilik korxonalar, sohibkor shaxslar yoki davlat qo’lida to’planishi natijasida paydo bo’ladi. Monopoliya ko’rinishlari qadimdan mavjud. Monopoliya o’z tabiatiga ko’ra ishlab chiqarishda turg’unlik paydo qiladi, chunki monopol mavqega tayanib, sarflarni kamaytirmay foyda ko’rish, raqobatning yo’qligi yoki zaifligidan foydalanib bozorga o’z ismini o’tkazish mumkin. Monopoliya bozor munosabatlarini cheklaydi, shu sababli hatto bozor iqtisodiyoti hukmron davlatlar monopoliyaga qarshi chora-tadbirlarni ko’radilar. Monopoliyaning asosiy shakllari kartel, sindikat, trest, kontsernlar hisoblanadi.