Mustabidlik, despotiya
Mustabidlik, despotiya (yunncha despotia)-yakka shaxs hukmronligiga asoslangan siyosiy tuzum shakli. Mustabid hokimiyati, odatda, zo’ravonlik, bosib olish, ba’zan esa qonuniy hokimiyatni ag’darib tashlash natijasida o’rnatiladi. Mustabidlik miloddan avvalgi VII-VI asrlarda Yunoniston shahar-davlatlari (polislar)da mavjud bo’lgan (masalan, Afinada mustabid Pisistrat). Bunday davlatda huquqiy, axloqiy asoslar bo’lmaydi, qonunlar ishlamaydi, ularning o’zi juda kam bo’ladi. U zo’ravonlik, ba’zan esa terror va genotsid asosiga quriladi.