Muxtoriyat

Muxtoriyat-konstitutsiyaviy huquqda biron-bir hududning unga konstitutsiya yo’l qo’ygan chegaralarida davlat hokimiyatini mustaqil amalga oshirish huquqi. Muxtoriyat markazlashgan tizimdan markazlashmagan tizimga o’tishning muayyan darajasini bildiradi, ammo bu federative davlatdagiga nisbatan kamroq darajada bo’ladi. XX asr boshlarida Turkiston jadidlari Muxtoriyat harakatiga mustaqil davlat tuzish yo’lidagi alohida bosqich sifatida qaraganlar va bu yo’lda kurashganlar.