Mushketyorlar

Mushketyorlar (fransuzcha mousquetaire)-XVI asr-XVIII asr boshlarida Yevropa armiyalarida mushketlar bilan qurollangan piyoda qo’shin turi. Shamshir qo’shimcha qurol vazifasini o’tagan. Karl V qo’shinida har bir rotada 10 nafar Mushketyorlar bo’lgan. Keyinchalik ularning soni keskin oshgan. Masalan, O’ttiz yillik urush davriga kelib piyoda qo’shinning 2/3 qismini tashkil etgan. Fransiyada XVII-XVIII asrlarda gvardiya kavaleriyasining bir qismi, XVIII-XIX asrlarda Rossiya, Prussiya va boshqa mamlakatlarda piyoda qo’shinning katta qismi Mushketyorlar deb atalgan.