XABAROVSK O’LKASI
XABAROVSK O’LKASI – Rossiya Federatsiyasi tarkibidagi o’lka. 1938 yil 20 oktabrda tashkil etilgan. Rossiya Federatsiyasi uzoq Sharqi Janubiy yarmining Markaziy qismida. Janubi g’arbda Xitoy bilan chegaradosh, sharqda Oxota va Yapon dengizlariga tutash. Tatar va Nevel bo’g’ozlari orqali Saxalin o.dan ajralib turadi. Maydoni 788,6 ming kilometr kvadrat. Aholisi 1435,4 ming kishi (2002), asosan, ruslar (86%), shuningdek, ukrain, Belorus, tatar, Nanay, evenk, ulchi, nivx va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Shahar aholisi 80,6%. Markazi — Xabarovsk sh. Boshqa yirik shaharlari — komsomol- skamur, Amursk. Tarkibiga 17 ma’muriy tuman, 7 shahar, 25 shaharcha, Shantar va boshqa orollar kiradi. Xabarovsk o’lkasi qirg’oqlari kam o’yilgan. Qirg’oq chizig’ining uzunligi 2500 kilometr chamasida. Relefining 70% dan ko’proq qismi tog’lardan iborat (Sixotealin, Jugjur va boshqalar). Bu tog’lar Oxota va Yapon dengiziga parallel cho’zilgan. O’lkaning eng baland joyi — Suntarxayata cho’qqisi (2933 metr). Shimoli g’arbida Yudommay tog’ligi bor. Yirik pasttekisliklari: quyi va O’rta Amur, Evorontugur (Janub va markaziy qismida), Oxota (shimolda). Foydali qazilmalardan oltin, qalay, alyuminiy, temir, qo’ng’ir kumir konlari, grafit, qurilish materiallari mavjud. Iqlimi mo’tadil, mussonli iqlim. Qishi sovuq, qor kam yog’adi, yozi iliq, sernam. Yanvarning o’rtacha temperaturasi -22°dan (Janubda) — 40°gacha (shimolda); dengiz sohilida — 15°dan -25°gacha, iyulniki 1 gradusdan (dengiz bo’yi qismida) 21° gacha (ichki Janubiy rayonlarda). Yillik yog’in 400 millimetrdan (shimolda) 800 milimetrgacha (Janubda), Sixotealinning Sharqiy yon bag’irlarida 1000 millimetrgacha. Vegetatsiya davri o’lkaning Janubda 170-180 kun. Eng yirik daryosi — Amur va uning irmoqlari (Bureya, tunguska, Goryun, Amgun, Ussuri, Anyuy, gur). Yirik ko’llari: Bolon, Padali, xummi, Kadi, Udil, Oryol, Evoryan. Chimli podzol, o’tloqibotqoq, qo’ng’ir, qo’ng’iro’rmon tuproqlar tarqalgan. Xabarovsk o’lkasi tayga zonasida joylashgan. O’rmonlar o’lka hududining 50% ni egallagan. Dauriya tilog’ochi, Rayan qoraqarag’ayi, oqqarag’ay, Daryo sohillarida Koreya kedri, shumtol, zarang, grab, qayin, jo’ka o’sadi. Taygada Los, shimol bug’usi, qo’ngir ayiq, silovsin, bo’ri, sobol, tulki, suvsar, elik, kolonok; qushlardan karqur, chil yashaydi. Ko’l va daryolarida baliqning 100 dan ortiq turi bor (jumladan, Amur cho’rtani, Amur, bakrabaliq, tovonbaliq, laqqa, taymen, leshch, sazan, yelimbaliq va boshqalar). Xabarovsk o’lkasida bolshe xexuir, Botchi, Bureya, Jugjur, Komsomolsk qo’riqxonalari tashkil etilgan. Sanoatining asosiy tarmoqlari: mashinasozlik va metallsozlik (okean va daryo kemalari, samolyotsozlik, «Daldizel» korxonasi, metall kesuvchi stanoklar, kuyuv mashinalari va boshqalar), qora metallurgiya (qora metall prokati, po’lat — «Amurstal» korxonasi), o’rmon, yog’ochsozlik va tsellyulozaqog’oz (fanera, tsellyuloza va boshqalar), konchilik (kumir, rangli metallar rudasi, qalay va misning boyitilgan rudalari), kimyo (oltingugurt, kislorod, shina ta’mirlash, sintetik yuvuvchi vositalar, kimyo farmasevtika, gidroliz va biokimyo zavodlari), baliq hamda oziq-ovqat va yengil sanoatlar. Asosiy sanoat markazlari — Xabarovsk, Komsomolsk-Amur, Sovetskaya Gavan, Nikolaevsk-Amur, Amursk. Qishloq xo’jaligida suli, arpa, bug’doy, soya, kartoshka, sabzavot ekiladi. Chorvachiligi, asosan, sut yetishtirishga ixtisoslashgan. Parrandachilik, asalarichilik rivojlangan (asal va asalari mumi eksport qilinadi). O’lkaning shim.da bug’uchilik bilan shug’ullaniladi, darrandachilik va ov xo’jaligi xam muxim tarmoq hisoblanadi. Temir yo’llar uzunligi 2307 kilometr. O’lkaning Janub qismidan Transsibir, Markaziy qismidan Baykalamur temir yo’l magistrallari o’tadi. Qattiq qoplamali avtomobil yo’llar uzunligi 4389 kilometr. Dengiz transporti rivojlangan. Portlari: Vanino, Nikolaevskamur, Oxotsk. Amur daryosida kemalar qatnaydi. Xabarovskda xalqaro aeroport faoliyat ko’rsatadi. 2 ilmiy tadqiqot instituti, 10 ga yaqin oliy o’quv yurti, 34 ilmiy muassasa, muzey, 4 teatr bor. 10 dan ziyod sanatoriykurort va dam olish muassasalari, shu jumladan, mineral suvlari kurorta mavjud.